Texnologiyalar bo‘limi lideri va tahririy jamoa a’zosi
Yulduzxon texnologiyalar bilan bog‘liq mavzularni o‘rganishni, ularni oddiy tilda tushuntirishni va bu orqali boshqalarga foyda keltirishni maqsad qilgan. Jamoada mas’uliyatni his qiladi va topshirilgan ishni vaqtida, puxta bajarishga harakat qiladi.
Texnologiyalar bo‘limiga yetakchilik qiladi. Bo‘limdagi maqolalar mavzusini tanlaydi, ularning mazmunini jamoa bilan birga ishlab chiqadi va materiallarning aniq, tushunarli bo‘lishiga e’tibor beradi.
Komputer texnologiyalarining kundalik hayotga ta'siri, ularning boshqa sohalar bilan integratsiyasiga, xususan, tibbiyot va kosmosga qilingan tatbiqiga qiziqadi. Bu sohalarga doir loyihalarda ishtirok etib, izlanishlar qiladi.