Biz haqimizda

Bugun o'zbek tilidagi onlayn kontentlar soni ehtiyojga nisbatan kam. Mana shu kam sonli kontentlar ham sifat borasida koʻngildagidek emas. Aksar maqolalar ishonchsiz manbalardan olingan boʻlib, haqiqatdan yiroq yoki uni buzib koʻrsatadi, fikrlar esa yuzaki. Oqibatda odamlarimiz orasida noto'g'ri xulosalarga asoslanish koʻpayyapti. Bu esa oʻzaro munosabatlarni buzmoqda, qaror chiqarishda adashishlarga olib kelmoqda.

Biz ana shu muammolarni chuqur his qilgan holda ushbu loyihaga qoʻl urdik.

Loyihamizning asosiy maqsadi o'zbek tilida ishonchli, ilmiy asoslangan va mazmunli kontentni ko'paytirish, hamda odamlarda o'qish va bilim orttirish istagini jonlantirishdir.

Buning uchun ishonchli deya tan olingan manbalardan maqolalar tanlab olib, oʻzbek tiliga oʻgiramiz. Puxta tahrirlab saytimizga joylashtiramiz. Har bir maqola tekshirilgan manbalardan olinadi. Bizning saytni oʻqir ekansiz, haqiqatga yaqin, ilmiy asosga ega maʼlumotlarni olishingizga shubga qilmasangiz ham boʻladi.

Maqolalarimiz quyidagi mavzularni qamrab oladi:

Iqtisod

pul, bozor va moliyaviy savodxonlik asoslari.

Biznes

g'oya, reja, natija va motivatsiya.

Sog'liq

o'zingizni va yaqinlaringizni asrashga yordam beradigan maslahatlar.

Falsafa

hayot, inson va fikrlash haqida chuqur mulohazalar.

Siyosat

dunyoda nima bo'layotganini tushunishga yordam beradigan tahlillar.

Tarix

kechadan saboq olib, bugunni yaxshiroq tushunishga yordam beruvchi maʼlumotlar.

Texnologiya

dasturlash, sun’iy intellekt, internet xavfsizligi va zamonaviy texnologiyalar.

Oʻqigan inson o'zini ham, boshqalarni ham o'zgartira oladi.