Biznes bo‘limi lideri va tahririy jamoa a’zosi
Evrilish loyihasi asoschisi
Umid – maktab o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, jamoaviy ishlarda faol va tashabbuskor. Yangi g‘oyalar ustida ishlash, jamoa bilan fikr almashish va foydali loyihalar qilishni yaxshi ko‘radi. Har doim sodda va tushunarli tarzda fikr bildirishga harakat qiladi.
Biznes bo‘limiga yetakchilik qiladi, maqola mavzularini tanlaydi va ularni jamoa bilan birga ishlab chiqadi. Tahririy jarayonda qatnashadi va loyihaning umumiy rivojiga hissa qo‘shadi.
Ko‘proq marketing, biznes va hayotga yaqin mavzulardagi videolarni tomosha qiladi. Ba’zida kichik fikrlarni yozib boradi yoki do‘stlari bilan biror g‘oya ustida bosh qotiradi.