Evrilish

Zamon bilan birga o‘zingizni ham yangilang.

Mavzular

  • Iqtisod
  • Texnologiya
  • Biznes
  • Sog'liq
  • Falsafa
  • Siyosat
  • Tarix
  • Boshqa

Yozuvchilar

  • Studiya

Loyiha

  • Biz haqimizda
  • Bizning jamoa
  • Biz bilan bog'lanish

Ijtimoiy tarmoqlar

  • Telegram
  • Instagram
  • Youtube
  • Linkedin

© 2025 Evrilish. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by Sodiq Tech

Sog'liq

11/08/2025

Qish kelishi bilan bolalar tez-tez kasal bo’ladimi?

Har yili sovuq ob-havo boshlanganida ko‘plab ota-onalarni bir savol bezovta qiladi: “Farzandim sovuqda kasal bo‘lib qolmaydimi?” Ayniqsa, bog‘cha yoshidagi bolalar bosh kiyim, qo‘lqop va kurtkalarni kiyishni istamasligi ota-onalarni yanada tashvishga soladi. Kattaroq, maktab yoshidagi bolalar esa sovuqda ham kurtkasiz yurishni yoki yupqa kiyinishni afzal ko‘rishadi. Bu tashvishlar o‘rinlimi?

sovuq havo va kasallik.

Faktlar

Sovuq va kasallik o‘rtasida bog‘liqlik bormi?

Northeastern universiteti olimlari tomonidan olib borilgan va '"Journal of Allergy" and "Clinical Immunology" jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, sovuq havo aslida odamlarningkasallikka chalinish ehtimolini oshirishi mumkin (Thomsen, 2022).

Biroq bu xavf bosh, qo‘l yoki oyoqlarning ochiq bo‘lishi bilan bog‘liq emas. Tadqiqotchilar aniqlashicha, agar odam sovuq havoni (40°F (4.44°C) yoki undan past) burun orqali nafas oladigan bo‘lsa, burundagi viruslarga qarshi tabiiy himoya (immun) tizimi susayadi (Huang et al., 2022). Bu esa odamni gripp, RSV (respirator-sinsitial virus) va oddiy shamollash kabi nafas yo‘llari infeksiyalariga nisbatan himoyasiz qiladi.

Shuning uchun eng asosiy himoya chorasi — burunni issiq saqlash!

Sovuq havo salomatlik uchun qanday xavf tug‘diradi?

Sovuq havoda tana issiqlikni tez yo‘qotadi. Agar tana yetarli issiqlik ishlab chiqara olmasa, bu holat muzlash va gipotermiya (tana haroratining keskin tushishi) kabi xavfli holatlarga olib kelishi mumkin. Havo harorati 0°F (−18°C) dan pastga tushganda, burun, quloq, barmoq uchlari, yonoqlar, jag’ va oyoqni issiq va quruq kiyimlar bilan o'ralgan bo‘lishi kerak. Harorat -15°F (−26°C) darajaga tushganda, ochiq havoda bo‘lishdan saqlanish kerak (AAP, 2022).

Qishda kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

1. To‘g‘ri kiyinish

Sovuqda qalin kiyinish organizmni nafaqat sovuqdan, balki viruslar va boshqa kasalliklardan ham himoya qilishi mumkin.

2. Qo‘lni tez-tez yuvish

Viruslar qo‘l orqali oson yuqadi. Umumiy foydalaniladigan buyumlar — eshik tutqichlari, ruchkalar, sovun idishlari orqali kasallik tarqalishi mumkin. Ko‘zni, og‘izni yoki burni ushlashdan oldin, qo‘llarni kamida 20 soniya davomida sovun va suv bilan yuvish zarur. Agar suv va sovun bo‘lmasa, antiseptik vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.

3. Vaksina olish

CDC ma’lumotlariga ko‘ra, har yili grippga qarshi emlanish — bu kasallikdan himoyalanishning eng samarali usullaridan biridir. Vaksina nafaqat kasallikni oldini oladi, balki gripp bilan kasallangan taqdirda ham, uning belgilari yengilroq o‘tishiga yordam beradi. 6 oylikdan katta bo‘lgan har bir insonga grippga qarshi yillik vaksina tavsiya etiladi.

4. Toza havoga chiqish

Viruslar quruq havoda osonroq tarqaladi. Chunki havo namligi past bo‘lsa, aksirish yoki yo‘talganda ajraladigan virusli tomchilar havoda uzoqroq saqlanadi (Northwestern Medicine, 2022). Qish faslida isitish tizimlari tufayli uy ichida havo juda quruq bo‘ladi — bu esa kasallik xavfini oshiradi.

Shuning uchun butun oila bilan tashqariga chiqing va toza havo bilan nafas oling. Quyoshli kunlarda yurish nafaqat immunitetni mustahkamlaydi, balki D vitamini miqdorini ham saqlab turadi (Aranow, 2011).

5. Niqob taqish

Niqoblar havo orqali yuqadigan viruslarga qarshi himoya qiladi.Nafas olish yoki yo‘tal paytida chiqadigan tomchilarni boshqa odamlarga yuqtirmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, niqob burunni issiq saqlaydi — bu esa immun tizimining faol bo‘lishi uchun juda muhim.

Xulosa

Qish fasli bolalar uchun sog‘lom va quvnoq bo‘lishi mumkin — agar biz ularni to‘g‘ri himoya qilsak. Farzandingizni sovuqdan va viruslardan asrash uchun oddiy, ammo samarali choralarni qo'llang. Va eng asosiysi — burunni i issiq saqlang!

Tarjimon: Osiyo Kamalova

Tahrirchi: Dilshodjon Hamidullayev

Manba: Thrive