Evrilish

Zamon bilan birga o‘zingizni ham yangilang.

Mavzular

  • Iqtisod
  • Texnologiya
  • Biznes
  • Sog'liq
  • Falsafa
  • Siyosat
  • Tarix
  • Boshqa

Yozuvchilar

  • Studiya

Loyiha

  • Biz haqimizda
  • Bizning jamoa
  • Biz bilan bog'lanish

Ijtimoiy tarmoqlar

  • Telegram
  • Instagram
  • Youtube
  • Linkedin

© 2025 Evrilish. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by Sodiq Tech

Sog'liq

15/09/2025

Qahvaning yashirin xavflari: haddan tashqari ichish miyaga qanday ta’sir qiladi?

Qahvasevarlar uchun ogohlantirish: haddan tashqari iste’molning oqibatlari.

qahva

Qahva — kunning eng sevimli ichimliklaridan biri. U ko‘pincha kunni boshlash uchun tanlanadi. Tez tayyorlangan bir finjon qahva bizga energiya bera oladi. Ammo Janubiy Avstraliya universitetining yangi tadqiqotiga ko‘ra, haddan tashqari ko‘p qahva iste’mol qilish, ayniqsa miya salomatligi nuqtai nazaridan, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot natijalari

O‘z sohasida eng yirik bo‘lgan ushbu tadqiqotda olimlar shuni aniqladiki, ko‘p miqdorda qahva ichish miya hajmining kichrayishi va demensiya xavfining oshishi bilan bog‘liq.

Tadqiqot Janubiy Avstraliya universitetining Aniq Salomatlik Markazi (SAHMRI) va xalqaro tadqiqotchilar jamoasi tomonidan olib borilgan. Ular Buyuk Britaniya Biobank dasturidagi 37–73 yosh oralig‘idagi 17 702 ishtirokchini o‘rgangan.

Natijada, kuniga olti stakandan ko‘p qahva ichganlar demensiyaga chalinish xavfini 53% ga oshirishi aniqlangan. Tadqiqot yetakchisi, Janubiy Avstraliya universiteti PhD talabasi Kitti Fam bu xulosalar jamoat salomatligi uchun juda muhim ekanini ta’kidladi.

Qahva va miya kasalliklari

Fam shunday deydi:
"Qahva dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri. Har yili to‘qqiz milliard kilogrammdan ortiq qahva iste’mol qilinayotgan bir paytda, uning sog‘liqqa ta’sirini tushunish juda muhim."

Ushbu tadqiqot qahva, miya hajmi, demensiya va insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan eng keng qamrovli ish hisoblanadi. U miya tasvirlarini volumetrik tahlil qilgan va turli omillarni hisobga olgan eng katta ilmiy izlanishdir.

Xulosalar shuni ko‘rsatadiki: doimiy ravishda ko‘p miqdorda qahva ichish miya hajmining kamayishi bilan bevosita bog‘liq. Bu esa demensiya va insult kabi xavfli kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Demensiya va insult haqida

  • Demensiya — bu miya faoliyatining buzilishi bo‘lib, xotira, fikrlash, xulq va kundalik vazifalarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirda dunyoda taxminan 50 million odam ushbu sindrom bilan yashaydi. Avstraliyada esa demensiya o‘lim sabablarining ikkinchi o‘rnida turadi, har kuni taxminan 250 kishi bu kasallik bilan tashxislanadi.
  • Insult — miyaga qon yetkazilishi to‘silib qolganida yuz beradi. Natijada miya kislorodsiz qoladi, zararlanadi va o‘z funksiyalarini yo‘qotadi. Dunyo bo‘ylab 25 yoshdan oshgan har to‘rt kattadan biri hayoti davomida insultni boshdan kechiradi. Statistikaga ko‘ra, 2021-yilda 13,7 million kishi insultga uchragan, shundan 5,5 millioni vafot etgan.

Mutaxassislarning fikri

Tadqiqotning katta muallifi, Janubiy Avstraliya universiteti Aniq Salomatlik Markazi direktori, professor Elina Hypponen shunday deydi:

"Bu yangilik qahvasevarlar uchun yoqimsiz bo‘lishi mumkin, ammo asosiy narsa — sog‘liq va iste’mol o‘rtasida muvozanatni topishdir."

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qahva iste’mol qilish miya salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin me’yorni saqlash bu xavflarni kamaytirishi mumkin.

Tavsiyalar

Boshqa genetik tadqiqotlar va klinik sinovlar bilan birgalikda ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, haddan tashqari ko‘p qahva ichish zararli. Mexanizmlar hali to‘liq tushunilmagan bo‘lsa-da, eng oddiy choralar quyidagilar:

  • yetarli miqdorda suv ichish,
  • har bir stakan qahva bilan birga ozgina suv ichishni odat qilish.

Odatda odamlar kuniga 1–2 stakan qahva ichadi va bu ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Albatta, porsiyalar hajmi turlicha bo‘lishi mumkin.

Ammo shuni yodda tutish kerakki:
kuniga olti stakandan ortiq qahva ichish — demensiya va insult xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Tarjimon: Osiyo Kamolova
Tahrirchi: Dilshodjon Hamidullayev
Manbaa: University of South Australia