Evrilish

Zamon bilan birga o‘zingizni ham yangilang.

Mavzular

  • Iqtisod
  • Texnologiya
  • Biznes
  • Sog'liq
  • Falsafa
  • Siyosat
  • Tarix
  • Boshqa

Yozuvchilar

  • Studiya

Loyiha

  • Biz haqimizda
  • Bizning jamoa
  • Biz bilan bog'lanish

Ijtimoiy tarmoqlar

  • Telegram
  • Instagram
  • Youtube
  • Linkedin

© 2025 Evrilish. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by Sodiq Tech

Siyosat

26/08/2025

Qadimgi siyosiy qarashlar

Diqqat !!! Eshiklar yopiladi. Keyingi bekat: dastlabki siyosiy nazariyalar vatani

qadimiy siyosat

Siyosiy nazariyaning boshlanishi

Siyosiy nazariyaning ildizlari qadimgi Xitoy va Gretsiya sivilizatsiyalariga borib taqaladi. Har ikkala joyda ham dunyoni savol ostiga qo‘yib, uni tahlil qilgan mutafakkirlar paydo bo‘lgan va shu orqali hozir biz “falsafa” deb ataydigan fanga asos solingan. Miloddan avvalgi 600-yillardan boshlab ularning ayrimlari asosiy e’tiborini jamiyatni qanday tashkil etish masalasiga qaratgan.

Dastlab Xitoyda ham, Gretsiyada ham bunday savollar axloqiy falsafa yoki etika doirasida ko‘rib chiqilgan. Falsafachilar jamiyat qanday tuzilishi kerak, odamlarning baxti va xavfsizligi qanday ta’minlanishi, va ularni “yaxshi hayot” kechirishiga qanday imkon yaratish mumkinligi haqida bosh qotirishgan.


Xitoydagi siyosiy fikrlar

Miloddan avvalgi 770-yillardan boshlab Xitoyda Bahor va Kuz davri( bu fasl emas, termin bo’lib, xitoyning bir necha yil tinch va osoyishta hayot kechirgan davri) boshlandi. Bu davrda turli sulolalar alohida davlatlarni boshqargan, va tinchlik hukm surgan. Ilm-fan qadrlangan va shu tufayli “Yuzta fikr maktabi” paydo bo‘lgan.

Bu davrning eng mashhur mutafakkiri – Konfutsiy. U axloq va siyosatni birlashtirib, davlatni fazilatli va adolatli hukmdor boshqarishi, unga esa bilimli vazirlar maslahat berib turishi lozimligini uqtirgan.

Keyinchalik, Mozi va Mencius bu g‘oyalarni yanada rivojlantirib, hukmdorlarning zulmkor va o‘zboshimcha bo‘lib ketishining oldini olishni ko‘zlagan. Ammo vaqt o‘tib davlatlar o‘rtasida urushlar avj oldi va Bahor va Kuz davri tugab, Urushayotgan davlatlar davri boshlandi.

Bu muhitda Han Fei Tzu va Legalistlar maktabi intizom va qat’iy qonunni davlatning asosiy tamoyiliga aylantirdi. Mashhur sarkarda Sun Tzu esa urush taktikasini tashqi siyosat va ichki boshqaruvda qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi.

Shu yo‘sinda qat’iyroq siyosiy nazariyalar yangi imperiyaga barqarorlik olib keldi. Keyinchalik Xitoy yana Konfutsiylik an’analariga qaytdi.

Gretsiyada ( Yunoniston) demokratiyasi

Xitoydagi kabi, Gretsiya ham o‘sha davrda yuksalgan. Gretsiya yagona davlat emas, balki turli shahar-davlatlardan iborat edi. Ko‘pchiligini qirollar yoki zodagonlar boshqargan, ammo Afinada miloddan avvalgi 594-yilda davlat arbobi Solon konstitutsiyaga asoslangan demokratiya joriy etadi.

Afina shahri tez orada Gretsiyaning madaniy markaziga aylandi va falsafachilar “ideal davlat” qanday bo‘lishi, uning maqsadi nima va uni qanday boshqarish kerakligi haqida o‘ylash imkoniga ega bo‘ldi.

  • Platon “falsafachi podshohlar” boshqaruvi tarafdori edi – ya’ni eng dono odamlar davlatni boshqarishi kerak, deb hisoblagan.
  • Uning shogirdi Aristotel esa turli hukumat shakllarini solishtirib tahlil qilgan.

Ularning nazariyalari keyinchalik G‘arb siyosiy falsafasining poydevoriga aylandi.

Aristoteldan keyin Gretsiya falsafasining “oltin davri” tugadi. Aleksandr Makedonskiy kengayish yurishlarini boshladi va Hindistongacha borganida jiddiy qarshilikka duch keldi


Rimning kuchayishi

Bu davrda Yevropada ham kuchli davlat paydo bo‘ldi – Rim Respublikasi. Taxminan miloddan avvalgi 510-yilda ular zolim podshohni taxtdan ag‘darib, demokratiya shaklini yo‘lga qo‘yishdi.

Davlat konstitutsiya asosida boshqarila boshlandi: fuqarolar tomonidan saylanadigan ikki konsul( maslahatchi) va ularga maslahat beradigan senat mavjud edi.

Rim Respublikasi shu tizim ostida kuchaydi va butun Yevropaning katta qismini egalladi. Ammo milodiy 1-asrda ichki urushlar kuchaydi. Nihoyat, milodiy 48-yilda Yuliy Sezar hokimiyatni egallab, amalda imperatorga aylandi. Shu bilan Respublika tugadi va Rim yana qirollik tipidagi hukmronlikka qaytdi. Rim imperiyasi keyingi 500 yil davomida Yevropaga hukmronlik qildi.


Tarjimon: Abdurahmon Anvarxo'jayev
Tahrirchi: Dilshodjon Hamidullayev
Manbaa: The politics book