Evrilish

Zamon bilan birga o‘zingizni ham yangilang.

Mavzular

  • Iqtisod
  • Texnologiya
  • Biznes
  • Sog'liq
  • Falsafa
  • Siyosat
  • Tarix
  • Boshqa

Yozuvchilar

  • Studiya

Loyiha

  • Biz haqimizda
  • Bizning jamoa
  • Biz bilan bog'lanish

Ijtimoiy tarmoqlar

  • Telegram
  • Instagram
  • Youtube
  • Linkedin

© 2025 Evrilish. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by Sodiq Tech

Boshqa

08/09/2025

O‘z ovozingizni eshitganda nega noqulaylik sezasiz?

Siz o‘z ovozingizni eshitganingizda quloqlaringizni berkitganmisiz? Siz yolg‘iz emassiz.

ovoz

Ko‘pchiligimiz o‘z ovozimizni eshitganimizda seskanib ketganmiz. Aslida, o‘z ovozingizni yoqtirmaslik shu qadar keng tarqalganki, bu hodisaga maxsus nom ham berilgan: “ovoz konfrontatsiyasi”.

Ammo nega aynan o‘z ovozingizni eshitganda bu qadar noqulaylik paydo bo‘ladi-yu, boshqalarning ovoziga deyarli e’tibor bermaymiz?


Oddiy tushuntirish: havo va suyak orqali ovoz eshitish

Ommabop ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan tushuntirish shuki, biz gapirayotganimizda ovozimizni ikki xil yo‘l bilan eshitamiz: tashqi tomondan havo orqali quloqqa yetib keladigan ovoz va ichkaridan suyak orqali o‘tadigan tovush. Aynan shu suyak orqali o‘tadigan ovoz ovozga pastroq chastotalarni qo‘shadi, ular esa havo orqali eshitiladigan yozib olingan tovushda bo‘lmaydi. Shuning uchun yozib olingan ovozimiz biz kutganimizdan balandroq va boshqacha eshitiladi.

Ya’ni, kutganimizdan boshqacha eshitilgani uchun yozilgan ovozimizni yoqtirmaymiz.

Mutaxassis izohi

Silke Paulmann, Esseks universiteti psixologi, shunday deydi:
“Menimcha, ovozimizni kutganimizdan balandroq eshitishimiz bizni noqulay ahvolga soladi, chunki bu bizning ichki taxminlarimizga mos kelmaydi. Ovozimiz shaxsiyatimizni shakllantirishda ulkan rol o‘ynaydi va hech kim o‘zini aslida o‘ylaganchalik emasligini bilishni yoqtirmaydi.”

Darhaqiqat, o‘zimizni Mickey Mouse’ga o‘xshab eshitishimizni anglash ko‘pincha hafsalani pir qiladi.

Boshqa sabablar ham mavjud

Biroq, ba’zi tadqiqotlar bunday tushuntirish faqat qisman to‘g‘ri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Masalan, 2013-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirokchilardan turli yozib olingan ovoz namunalarining jozibadorligini baholash so‘ralgan. O‘z ovozlari yashirincha shu namunalarga qo‘shib yuborilganda, ular o‘z ovozini o‘zlari tanimagan paytda sezilarli darajada yuqori baho berishgan.

Demak, masalaning to‘liq izohi boshqa yerda.

Ovoz konfrontatsiyasi: yashirin xususiyatlarni eshitish

Psixologlar Phil Holzemann va Clyde Rousey 1966-yilda olib borgan tadqiqotlarida shunday xulosaga kelishgan: ovoz konfrontatsiyasi nafaqat kutilgan chastotadan farq qilishdan, balki yozib olingan ovozni eshitganda u orqali shaxsiyatingiz haqida bilib qoladigan qo‘shimcha signallardan kelib chiqadi.

Bu signallar orqali sizning:

  • tashvishingiz,
  • ikkilanishingiz,
  • xafaligingiz,
  • g‘azabingizu shunga o‘xshash holatlar bilinib qoladi.

Ularning yozishicha:
“Bu buzilish va himoyaviy tajriba kishi ovozida o‘zi ifodalamoqchi bo‘lmagan, ammo baribir ifodalab qo‘ygan his-tuyg‘ularni birdaniga sezib qolishidan kelib chiqadi.”

Keyingi tadqiqotda ular yana shuni ko‘rsatishdiki, 16 yoshdan keyin ikkinchi tilni o‘rgangan bilingval insonlar yozib olingan ovozlarini aynan ona tilida eshitganda ko‘proq noqulaylik sezishgan. Bu hodisani esa oddiy suyak orqali tovush tushuntirishi bilan izohlash qiyin.

Ovoz – juda murakkab jarayon

Nutq apparati inson tanasida asab tolalari va mushaklar tolalari nisbati eng yuqori bo‘lgan tizimdir. Shu sababli ovoz juda murakkab koordinatsiyani talab qiladi va biz uni to‘liq ongli ravishda boshqara olmaymiz.

Yozib olingan ovozni eshitganimizda esa, odatdagidek nazorat qilolmaymiz – go‘yo ovozimiz bizdan mustaqil yashayotgandek bo‘lib qoladi.

Tadqiqotchilar izohi

Marc Pell, Monreal McGill universiteti neyroolimi, shunday deydi:
“Biz yozib olingan ovozimizni eshitganda, u boshqa xatti-harakatlardan ajralgan bo‘ladi. Shunda biz uni boshqa odamlarning ovozini baholaganimiz kabi avtomatik baholaymiz. Keyin esa o‘z taassurotimizni jamiyat bizni qanday baholashiga qiyoslaymiz. Shuning uchun ko‘p odamlar ovozidan norozilik sezadi, chunki u ular jamiyatga ko‘rsatishni istagan sifatlar bilan mos kelmaydi.”

Xulosa

Shunday qilib, bizni “Mickey Mouse”ga o‘xshatadigan ovoz emas, balki yozib olingan ovozimiz orqali shaxsiyatimiz haqidagi yashirin signallar ochilib qolishi noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Biroq boshqalar siz o‘zingizni eshitgandek tanqid qilmaydi. Odatda, faqat siz o‘zingiz ovozingiz haqida o‘ylaysiz, boshqalar esa unchalik e’tibor bermaydi.

Tarjimon: Umid Abdumuratov
Tahrirchi: Dilshodjon Hamidullayev
Manbaa: The Guardian