Evrilish

Zamon bilan birga o‘zingizni ham yangilang.

Mavzular

  • Iqtisod
  • Texnologiya
  • Biznes
  • Sog'liq
  • Falsafa
  • Siyosat
  • Tarix
  • Boshqa

Yozuvchilar

  • Studiya

Loyiha

  • Biz haqimizda
  • Bizning jamoa
  • Biz bilan bog'lanish

Ijtimoiy tarmoqlar

  • Telegram
  • Instagram
  • Youtube
  • Linkedin

© 2025 Evrilish. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by Sodiq Tech

Iqtisod

29/08/2025

Monopoliya nima?

“Monopoliya” atamasini kompaniyalar va bozorlar haqida gapirilganda eshitib, o‘zingizdan: “Bu nima o‘zi?” — deb so‘raganmisiz? Shunday ekan, ushbu maqolada monopoliya nima ekanligi, uning turlari va bozor hamda mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri haqida so‘z yuritamiz.

monopoliya nima

Monopoliya nima?

Monopoliya — bu mahsulot yoki xizmatning yagona ta’minotchisi bo‘lgan biznes bo‘lib, u boshqa kompaniyalar bilan solishtirganda ulkan raqobat ustunligiga ega bo‘ladi. Bunday ustunlik iste’molchilar tanlovi va bozor raqobati uchun ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Monopoliyalarning turlari

  • Sof monopoliya (Pure Monopoly): bu shunday holatki, bozorda faqat bitta sotuvchi bo‘ladi va boshqa kompaniyalar bu bozorga kira olmaydi, chunki kirish juda qimmat yoki qiyin. Masalan, yangi kompaniya ochish uchun boshlang‘ich xarajatlar juda katta bo‘lishi mumkin.
    Misol: Microsoft Corporation.
  • Monopolistik raqobat (Monopolistic Competition): Bir nechta sotuvchilar bo‘ladi, lekin ularning mahsulotlari bir-biriga o‘xshash va o‘rnini bosa oladi.
  • Tabiiy monopoliya (Natural Monopoly): Maxsus xomashyo, texnologiya yoki ixtisoslashuvga tayanib rivojlanadi.
    Misol: patentga ega kompaniyalar.
  • Davlat monopoliyalari (Public Monopolies): Zarur xizmatlar va mahsulotlarni taqdim etadi, masalan, elektr energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti. Bunday monopoliyalar hukumat tomonidan qattiq nazorat qilinadi.

Monopoliyaning afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari

  • Narxlarning barqarorligi: Raqobat bo‘lmagani uchun narx urushlari bo‘lmaydi.
  • Katta miqyosda ishlab chiqarish: Monopoliyaga ega kompaniya mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqaradi. Shunda bitta mahsulotni tayyorlash uchun ketadigan xarajat kamroq bo‘ladi.
  • Tadqiqot va rivojlantirish uchun byudjet: Monopoliyalar o‘zini xavfsiz his qilgani uchun ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘proq mablag‘ sarflashadi. Bu esa yangi mahsulotlar va samaradorlikka olib keladi.

Kamchiliklari

  • Narxlarning oshishi: Agar faqat bitta kompaniya narxni belgilasa, mahsulot va xizmatlar iste’molchilar uchun qimmatlashib boradi.
  • Past sifat: Raqobat yo‘qligi sababli, ular mahsulot yoki xizmat sifatini yaxshilashga unchalik qiziqmaydi.
  • Narx diskriminatsiyasi: Monopolist kompaniya turli mijozlarga turli narx qo‘yishi mumkin bo'ladi.

Monopoliya qanday tugaydi?

Ko‘plab demokratiyalarda, masalan, AQShda, hukumat monopoliyalarni tugatgan, chunki ular xaridorlarning foydasini o‘ylamaydi. Mashhur misollardan biri — AT&T kompaniyasining bo‘linishi. Bu qaror 1982-yilda qabul qilingan va 1984-yilda kuchga kirgan.

Xulosa

Monopoliya — bu bozorni to‘liq egallagan yagona ishlab chiqaruvchi. U narxlarni belgilash, raqiblarni yo‘q qilish va to‘siqlar yaratish imkoniyatiga ega. Shu sababli, ko‘plab mamlakatlarda antimonopoliya qonunlari joriy etilgan. Bu monopoliyaning qanchalik kuchli va odamlar uchun zararli bo‘lishini ko‘rsatadi.

Tarjimon: Dilshodjon Hamidullayev
Tahrirchi: Umid Abdumuratov
Manbaa: Investopedia